Tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring olib borish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 283-sonli qarori bilan “Tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida” Nizom tasdiqlangan.
Bosqichlar |
Subyektlar |
Tadbirlar |
Muddatlar |
|||
1-bosqich |
Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga (TSOYAEAT): |
|||||
1. Xoʻjalik yurituvchi subyekt* |
1. Tuzilgan tashqi savdo kontraktlari va invoyslarni; |
1. Tashqi savdo operatsiyalari boshlanguniga qadar |
||||
2. Birja (yarmarka) |
2. Birja (yarmarka)da tuzilgan kontraktlarni kiritish. |
2. Kontrakt birja (yarmarkada) tuzilgandan soʻng 1 ish kuni mobaynida |
||||
2-bosqich |
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK (qonunchilikda belgilangan hollarda)* |
Import kontraklarini kompleks ekspertiza qilish.* |
20 kun ichida* |
|||
TSOYAEATga valyuta va tovarlar xarakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni: |
||||||
1. Tijorat banklari, Gʻaznachilik boʻlinmalari, tovar-xomashyo birjasi |
1. Kontrakt va invoyslar boʻyicha valyuta mablagʻlarning harakati toʻgʻrisida axborotlarni; |
1. Hisob-kitoblar amalga oshirilganda onlayn tarzda kelib tushadi |
||||
2. Davlat bojxona xizmati organlari |
2. Kontrakt va invoys boʻyicha bojxona yuk deklaratsiyasi maʼlumotlarini; |
2. Tovarlar tushganda yoki yuklab joʻnatilganda onlayn tarzda kelib tushadi |
||||
3. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar |
3. Ishlar va xizmatlar dalolatnomasini kiritish. |
3. Dalolatnoma tuzilgan oydan keyingi oyning |
||||
3-bosqich |
Valyutani nazorat qiluvchi organlar va tijorat banklari |
Amalga oshirilgan tashqi savdo operatsiyalari ustidan taalluqliligi boʻyicha oʻz vakolati doirasida monitoring va nazoratni amalga oshirish. |
Doimo |
|||
4-bosqich |
Davlat bojxona xizmati organlari va tijorat banklari |
Bojxona va valyuta qonunchiligi, hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi buzilishi alomatlari aniqlanganda axborotni soliq organlariga taqdim etish. |
Holatlar aniqlanganda har oy yakuni boʻyicha |
*Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Loyihaoldi, loyiha, tender hujjatlari va kontraktlarni ekspertizadan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2018-yil 20-fevraldagi PQ-3550-son qarorida belgilgan tartibda kontraktlar ekspertizadan oʻtkaziladi.
Yuqoridagi sxemaga muvofiq Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi orqali xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan tuzilgan tashqi savdo kontraktlarining bajarilishi va xoʻjalik yurituvchi subyektlar, bojxona va soliq organlari, Markaziy va tijorat banklari oʻrtasida maʼlumot almashinuvini taʼminlash uchun tashqi savdo operatsiyalarini monitoring qilish tizimi joriy etilgan.
Import operatsiyalari boʻyicha:
Tovarlarni respublikaga olib kirish va “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirish, shuningdek, ishlarni bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish yoxud ular uchun toʻlangan pul mablagʻlarini qaytarish muddati import kontraktlari boʻyicha toʻlov amalga oshirilgan kundan boshlab 180 kundan ortiq boʻlmasligi kerak.
Olib kirish kontrakti boʻyicha tovarlarni respublikaga olib kirish va bojxona ombori, erkin ombor, erkin bojxona zonasi, bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimlariga rasmiylashtirish, shuningdek, ular uchun toʻlangan pul mablagʻlarini qaytarish muddati ushbu kontraktlar boʻyicha toʻlov amalga oshirilgan kundan boshlab 180 kundan ortiq boʻlmasligi kerak.
Eksport operatsiyalari boʻyicha:
Eksport kontrakti boʻyicha tushum tushishi yoki tovarlarni qayta olib kirish muddati tovarlarga nisbatan — “eksport” bojxona rejimi boʻyicha bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan sanadan va xizmatlarga (ishlarga) nisbatan — bajarilgan ishlarni qabul qilish dalolatnomasi imzolangan sanadan boshlab 180 kundan oshib ketmasligi kerak.
Olib chiqish kontrakti boʻyicha tushum tushishi yoki tovarlarni qayta olib kirish muddati tovarlar reeksport bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan sanadan boshlab 180 kundan oshib ketmasligi kerak.
Sotib olish kontrakti boʻyicha toʻlangan pul mablagʻlarini qaytarish yoki sotish kontrakti boʻyicha pul mablagʻlarining kelib tushishi sotib olish kontrakti boʻyicha toʻlov amalga oshirilgan kundan boshlab 180 kundan oshmasligi kerak. Bunda sotish kontrakti boʻyicha kelib tushgan pul mablagʻlarining miqdori sotib olish kontrakti boʻyicha toʻlangan pul mablagʻlari miqdoridan kam boʻlmasligi lozim.
Ushbu muddatda qaytarilmagan yoki belgilangan miqdorda kelib tushmagan valyuta mablagʻlari muddati oʻtgan debitor qarzdorlik sifatida qaraladi.
Eksport kontraktlari boʻyicha toʻlovlar vakil banklar orqali amalga oshirilgan va vakil bankning bank vositachilik haqi eksport qiluvchining hisob raqamiga tushuvchi mablagʻlar hisobiga toʻlanadigan hollarda, u debitorlik qarz sifatida hisobga olinmasligi, balki eksport qiluvchi balansining xarajat qismida hisobga olinishi kerak.
Avans toʻlovlar boʻyicha mablagʻlar qaytarib berilganda yoki vakil bankning bank vositachilik haqi import qiluvchining mablagʻlari hisobiga toʻlanganda import kontraktlari boʻyicha tovarlar toʻliq yetkazib berilmagan hollarda, u debitorlik qarz sifatida hisobga olinmasligi, balki import qiluvchi balansining xarajat qismida hisobga olinishi kerak.
Yengib boʻlmas kuch taʼsiri yuzaga kelganda aktivlarni repatriatsiya qilish muddati yengib boʻlmas kuchning taʼsir muddatiga uzaytiriladi. Yengib boʻlmas kuch taʼsiri holatlari yuz berganligi ushbu hodisa oʻzida sodir boʻlgan davlatning qonunchiligiga muvofiq vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.
Eksportga oid kontraktning sugʻurta polisi boʻyicha sugʻurta tovoni summasi rezidentlarning hisobvaragʻiga kelib tushganda (milliy va (yoki) xorijiy valyutalarda) jarima qoʻllash maqsadida mazkur eksportga oid kontrakt boʻyicha debitor qarzdorlik summasi kelib tushgan sugʻurta tovoni summasiga kamaytiriladi.
Eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan tartibini buzganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 171-moddasi 3-qismi bilan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz baravaridan oʻn ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Tashqi savdo kontraktlari boʻyicha aktivlar repatriatsiya qilinishini (chet eldan xorijiy valyutadagi mablagʻlar kelib tushishini yoki ushbu Nizomda koʻrsatilgan bojxona rejimlarida tovarlar respublikaga olib kirilishi va rasmiylashtirilishini, ishlar bajarilishi va xizmatlar koʻrsatilishini yoki pul mablagʻlarining qaytarilishini) belgilangan muddatlar tugagandan keyin koʻpi bilan 45 kun (kichik tadbirkorlik subyektlari uchun — 90 kun) mobaynida taʼminlamagan xoʻjalik yurituvchi subyektlar:
aktivlarni repatriatsiya qilish norezidentga toʻlov yoki eksport amalga oshirilgan sanadan eʼtiboran 360 kungacha kechikkanda — repatriatsiya qilinmagan aktivlar summasining 5 foiziga teng miqdorda;
aktivlarni repatriatsiya qilish norezidentga toʻlov yoki eksport amalga oshirilgan sanadan eʼtiboran 360 kundan 545 kungacha kechikkanda — repatriatsiya qilinmagan aktivlar summasining 10 foiziga teng miqdorda qoʻshimcha ravishda;
aktivlarni repatriatsiya qilish norezidentga toʻlov yoki eksport amalga oshirilgan sanadan eʼtiboran 545 kundan ortiq kechikkanda — repatriatsiya qilinmagan aktivlar summasining 35 foiziga teng miqdorda respublika byudjeti daromadiga qoʻshimcha jarima toʻlaydilar.
Quyidagi hollarda xoʻjalik yurituvchi subyektlarga tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorlik uchun jarima qoʻllanilmaydi:
jarima qoʻllash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sud tomonidan hal qiluv qarori chiqarilguniga qadar “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq repatriatsiya qilingan aktivlar summasiga nisbatan;
asbob-uskunalarni va (yoki) butlovchi qismlarni yetkazib berish muddatlari ularning texnik tavsiflariga hamda oʻziga xos xususiyatiga qarab bir yuz sakson kundan ortiq etib belgilangan importga oid kontraktlar boʻyicha yetkazib berish muddati davrida;
transportda tashish yoki saqlash chogʻida taraflarga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra yaroqsiz holatga kelgan tovarlar davlat organlari tomonidan yoʻq qilinganligini yoxud musodara qilinganligini tasdiqlovchi vakolatli organ tomonidan berilgan hujjat taqdim etilgan taqdirda;
ayni bir qarzdorlik predmeti va tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) amaldagi eksport va import hajmi boʻyicha takroriy jarimalar;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq amalga oshiriladigan loyihalar doirasida tuzilgan importga oid kontraktlarda yoki mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimlarni amalga oshirish doirasida boshqaruvchi qoʻmita tomonidan tasdiqlangan importga oid kontraktlarda belgilangan muddatlar buzilmagan boʻlsa;
eksport operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorlikning umumiy summasi muddati oʻtgan debitor qarzdorlik yuzaga kelgan sanadan oldingi 36 oy davomida taʼminlangan valyuta tushumining 10 foizidan ortiq boʻlmagan holatlarda.
Yuridik shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentining oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining 20 foizidan ortiq boʻlgan jarima sanksiyalarini undirish unga undiriladigan summani undirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab 6 oy mobaynida toʻlovlarni har oyda boʻlib-boʻlib toʻlash imkonini bergan holda amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi “Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimidan umidsiz qarzdorliklarni hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 216-sonli qarori bilan “Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimidan umidsiz qarzdorliklarni hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisida” Nizom tasdiqlangan.
Eksport va import shartnomalari boʻyicha umidsiz muddati oʻtgan debitor va kreditor qarzdorliklarni hisobdan chiqarishni tashkil etish SXEMASI |
Bosqichlar |
Subyektlar |
Tadbirlar |
Muddatlar |
||||
1-bosqich |
Markaziy bank |
Hukumat komissiyasi va hududiy komissiyalarga eksport va import shartnomalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor va kreditor qarzdorliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish. |
Har oyning 10-sanasiga qadar |
||||
2-bosqich |
Hududiy komissiyalar |
1. Qarzdorliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni xoʻjalik yurituvchi subyektlar kesimida puxta va manzilli oʻrganib chiqish, jumladan, ularning asosliligini tekshirish, qarzdorlik yuzaga kelishining huquqiy asoslarini tahlil qilish. Bunda asoslangan debitor qarzdorlik haqidagi maʼlumotlarni toʻliq holda tegishli hujjatlar* bilan birgalikda Tashqi ishlar vazirligiga kiritiladi. 2. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan qarzdorliklarini (Tashqi ishlar vazirligi tomonidan oʻrganilayotgan maʼlumotlardan tashqari) TSOYAEATdan chiqarish yuzasidan qabul qilingan xulosalarni Davlat soliq qoʻmitasiga taqdim etish. |
Har oyning 20-sanasiga qadar |
||||
Tashqi ishlar vazirligi |
1. Asoslangan debitor qarzdorliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekistonning xorijdagi tegishli diplomatik vakolatxonalari (elchixonalar va konsullik muassasalari) orqali xorijiy mamlakatlarning vakolatli organlariga yetkazish va amaliy yordam berish choralarini koʻrish. 2. Chet eldagi korxonaga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra yaroqsiz boʻlib qolgan yoki import qiluvchi davlat organi tomonidan musodara qilingan yoxud bojxona nazorati ostida yoʻq qilingan tovarlarga xorijdagi tegishli vakolatli organlar tomonidan zarur hujjatlar xoʻjalik yurituvchi subyektlarga taqdim etilishida koʻmaklashish. 3. Amalga oshirilgan ishlar haqida tegishli hududiy komissiyaga maʼlumotlarni taqdim etib borish. |
Har oyning 1-sanasiga qadar |
|||||
Hududiy komissiyalar |
Tashqi ishlar vazirligi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar yuzasidan qabul qilingan xulosalarni Davlat soliq qoʻmitasiga taqdim etish. |
Har oyning 5-sanasiga qadar |
|||||
3-bosqich |
Davlat soliq qoʻmitasi |
TSOYAEATdan qarzdorliklarni chiqarish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va Hukumat komissiyasiga tegishli qaror qabl qilish uchun kiritish. |
Har oyning 10-sanasiga qadar |
||||
4-bosqich |
Hukumat komissiyasi |
1. Davlat soliq qoʻmitasi takliflari asosida qarzdorliklarni TSOYAEATdan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilish. 2. Qabul qilingan qaror ijrosini taʼminlash uchun Davlat soliq qoʻmitasiga yuborish. |
Har oyda bir marta |
||||
5-bosqich |
Davlat soliq qoʻmitasi |
Hukumat komissiyasi qarorini tegishli tijorat banklariga yetkazish. |
Qaror qabul qilinganidan keyin 5 kalendar kun davomida |
||||
6-bosqich |
Tijorat banklari |
Hukumat komissiyasining qarorlari asosida qarzdorliklarni TSOYAEATdan hisobdan chiqarish. |
Hukumat komissiyasining qarori kelib tushgan kundan boshlab bir ish kuni davomida |
||||
* — tasdiqlangan solishtirma dalolatnoma;
xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan qarzdorlik mavjudligi yuzasidan imzolangan tasdiqnoma;
xorijiy hamkorga shartnoma shartlari bajarilmaganligi yuzasidan eʼtiroznoma va daʼvo arizasi;
shartnoma nusxasi;
mahalliy va xorijiy hamkorning aloqa manzillari;
sud qarorlari;
soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR);
tashqi savdo shartnomasining identifikatsiya raqami;
yuzaga kelgan muddati oʻtgan debitor qarzdorliklar sanasi va miqdori;
debitor qarzdorliklar bilan ishlash boʻyicha kompaniyada qabul qilingan qoidalar;
debitor qarzdorliklar bilan ishlash uchun masʼul shaxsni tayinlash toʻgʻrisida eksport qiluvchining buyrugʻi;
eksport shartnomasi va xalqaro shartnomalarga muvofiq xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan koʻriladigan choralar;
debitor qarzdorliklarni undirish boʻyicha koʻrilgan choralar (sudgacha va sud ishlarini bajarish tartibi ijro ishlari, bankrotlik);
eksport shartnomasi taraflari tomonidan imzolangan yarashtirish dalolatnomasi (akti).
Tashqi savdo operatsiyalari monitoringini olib borish va nazorat qilish davlat soliq va bojxona xizmati organlari hamda tijorat banklari bilan oʻzaro axborot almashish asosida (shu jumladan, aloqa kanallari orqali elektron koʻrinishda) va Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi orqali olib boriladi.
Tijorat banklarining filiallari mijozlar tomonidan amalga oshirilgan quyida koʻrsatilgan har qanday alomatga ega boʻlgan valyuta operatsiyalari toʻgʻrisidagi axborotni har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar Nizomning 2 — 4-ilovalariga muvofiq shakllarda (shu jumladan, aloqa kanallari orqali elektron koʻrinishda) har hisobot oyi uchun alohida bosh tijorat bankiga taqdim etadi:
§ imtiyozli soliq rejimi beriladigan va (yoki) moliyaviy operatsiyalar amalga oshirilganda maʼlumotlarni oshkor etish va berishni nazarda tutmaydigan davlat yoki hududlarda (offshor hududlarda) roʻyxatdan oʻtgan norezidentlar foydasiga, shuningdek norezidentlarning offshor hududlarda joylashgan banklardagi hisobvaraqlariga shartnoma (kontrakt) boʻyicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) importi yuzasidan toʻlov amalga oshirilishi;
§ rezidentlar tomonidan eksport-import shartnomalarida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganliklari va yetkazib berish yoki toʻlov muddatlariga rioya qilmaganliklari uchun kontragent-norezidentlarga jarima toʻlanishi;
§ import shartnomalari boʻyicha ishlarni bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish, royalti boʻyicha toʻlov, shuningdek chet el taʼsischilariga dividendlarni oʻtkazib berish yoki foydani repatriatsiya qilish yuzasidan toʻlov amalga oshirilishi;
§ norezidentlarga ular yuridik shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlarining ustav kapitalidagi aksiyalar, ulushlar (paylar) hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan koʻchmas mulkni realizatsiya qilganliklari uchun toʻlovlar amalga oshirilishi;
§ rezident tomonidan kredit shartnomasi (qarz shartnomasi) boʻyicha norezident foydasiga (xalqaro moliya institutlari va chet el banklari tomonidan berilgan kredit (qarz)lardan tashqari) toʻlovlar amalga oshirilishi;
§ jismoniy shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti tomonidan jismoniy shaxslarning xorijdagi hisobvaragʻiga pul mablagʻlari oʻtkazmasi, agar bir kalendar yili davomida oʻtkazma summasining ekvivalenti yuz million soʻmdan ortiq boʻlsa;
§ chet eldan jismoniy shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentining hisobvaragʻiga xorijiy yuridik shaxslardan pul mablagʻlarining kelib tushishi;
§ tashqi savdo shartnomalari boʻyicha vujudga kelgan muddati oʻtgan debitorlik qarzdorligi toʻgʻrisidagi maʼlumot.
Tijorat banklarining filiallari mijozlarning tashqi savdo shartnomalari boʻyicha vujudga kelgan muddati oʻtgan debitorlik qarzdorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni ham taqdim etadilar.
Bosh tijorat banklari oʻzlarining filiallaridan kelib tushgan maʼlumotlarni umumlashtiradi va har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar, soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali yigʻma maʼlumotlarni elektron koʻrinishda mazkur Nizomning 2 - 4-ilovalariga muvofiq shakllarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga har hisobot oyi uchun alohida joʻnatadilar.
Shuningdek, Bojxona qoʻmitasi har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar, Soliq qoʻmitasiga quyidagi faktlar aniqlangan taqdirda maʼlumotni Nizomning 5 va 6-ilovalariga muvofiq shakllarda onlayn rejimda elektron koʻrinishda joʻnatadi:
§ olib kirilayotgan (olib chiqilayotgan) tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvida bojxona organiga tovarning faktura qiymatini eksport qiluvchi (import qiluvchi) mamlakatda tovarning maʼlum qilingan qiymatiga nisbatan asossiz ravishda oshirish (kamaytirish) maqsadida notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilganda (tasdiqlovchi hujjatlar hamda xulosa ilova qilingan holda);
§ shartnoma boʻyicha kontragent boʻlmagan tovar yetkazib beruvchilar tomonidan tovar yetkazib berilganlik faktlari aniqlanganda.
Soliq xizmati organlari tijorat banklari va davlat bojxona xizmati organlaridan olingan maʼlumotni elektron axborot bazalaridagi hamda soliq organlarida mavjud boshqa maʼlumotlar asosida monitoring qiladi.
Monitoring jarayonida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi buzilganlik holatlari aniqlanganda, xoʻjalik yurituvchi subyektga valyuta operatsiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq hujjatlarni va axborotlarni taqdim etish yuzasidan yozma yoki elektron shaklda rasmiylashtirilgan soʻrovnoma yuboriladi.
Soʻrovnoma elektron hujjat tarzida soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi. Yuborilgan hujjat oʻqib chiqilgandan keyin, lekin ushbu soʻrovnoma joʻnatilgan sanadan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay olingan deb hisoblanadi.
Agar xoʻjalik yurituvchi subyektning shaxsiy kabineti mavjud boʻlmasa, soʻrovnoma Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yoʻllanuvchi xat-xabarlarni yetkazib berish, yetkazilganligini tasdiqlash, maʼlumotlarni saqlash va hisobga olishning yagona milliy tizimidan foydalanilgan holda pochta aloqasi obyektlari tarmogʻi orqali yuboriladi hamda belgilangan nazorat muddatlarida yetkazib berilgan hisoblanadi.
Soʻrovnomada koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar va axborotlar soliq organiga soʻrovnoma olingan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida taqdim etilishi lozim.
Davlat soliq xizmati organlari monitoring natijasida mablagʻlarning xorijga asossiz oʻtkazilishi yoki tovarlar qiymatini bojxona rasmiylashtiruvida asossiz ravishda oshirilishi (kamaytirilishi) holatlari bilan bogʻliq shubhali operatsiyalarni aniqlagan taqdirda tijorat banklari va boshqa davlat organlaridan ushbu operatsiyalarga oid qoʻshimcha maʼlumotlarni soʻrab olishga haqli.
Monitoringni amalga oshirish jarayonida huquqiy taʼsir choralari qoʻllanilmaydi va xoʻjalik yurituvchi subyektning faoliyati toʻxtatilmaydi.
Monitoring natijalari boʻyicha huquqbuzarlik faktlari sodir etilganligi tasdiqlanganda, davlat soliq xizmati organlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan choralar koʻriladi yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq tegishli choralar koʻrish uchun materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi.
Monitoring natijalari boʻyicha jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bogʻliq holatlar aniqlangan taqdirda, davlat soliq xizmati organlari bu haqda uch kun muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga yozma xabar beradi.
Shuningdek, tashqi savdo shartnomalari boʻyicha vujudga kelgan muddati oʻtgan debitorlik qarzdorligi toʻgʻrisidagi maʼlumot asosida:
Tashqi savdo kontraktlari boʻyicha aktivlar repatriatsiya qilinishini (chet eldan xorijiy valyutadagi mablagʻlar kelib tushishini yoki belgilangan bojxona rejimlarida tovarlar respublikaga olib kirilishi va rasmiylashtirilishini, ishlar bajarilishi va xizmatlar koʻrsatilishini yoki pul mablagʻlarining qaytarilishini) belgilangan muddatlar tugagandan keyin koʻpi bilan 45 kun (kichik tadbirkorlik subyektlari uchun — 90 kun) mobaynida taʼminlamagan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga davlat soliq xizmati organi tomonidan jarima qoʻllash toʻgʻrisida talabnoma yuboriladi.
Talabnoma xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki uning vakiliga olganligi va olingan sanani tasdiqlovchi usulda topshirilishi lozim, soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti mavjud boʻlgan taqdirda, u orqali yuborilishi mumkin.
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan talabnoma pochta orqali buyurtma xat bilan yuborilganda u joʻnatilgan kundan eʼtiboran besh kun oʻtganidan soʻng topshirilgan, shaxsiy kabinet orqali yuborilganda esa keyingi ish kuni xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan qabul qilib olingan kun deb hisoblanadi.
Talabnomada jarima summasi uni joʻnatish sanasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki valyuta kursi boʻyicha soʻmda hisoblanadi.
Xoʻjalik yurituvchi subyekt davlat soliq xizmati organiga talabnoma olingan kundan eʼtiboran oʻn kun muddatda tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorliklarning bartaraf etilganligi yoki jarima summasi ixtiyoriy ravishda toʻlab berilganligi haqidagi maʼlumot(lar)ni yozma yoki elektron shaklda tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etishi shart.
Xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan talabnomada belgilangan 10 kunlik muddatda jarima summasi ixtiyoriy ravishda toʻlangan kundan 90 kun ichida tashqi savdo kontraktlari boʻyicha aktivlar repatriatsiya qilinishi toʻliq yoki qisman taʼminlangan taqdirda, toʻlangan jarima summasi repatriatsiya qilingan aktivlar miqdoriga mutanosib ravishda qaytarib beriladi. Bunda, talabnomada koʻrsatilgan valyuta kursi boʻyicha soʻmda hisob-kitob qilinadi.
Xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorliklar ixtiyoriy ravishda toʻlab berilmagan yoxud toʻlashni rad etgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi jarima qoʻllash haqidagi ariza bilan sudga murojaat qiladi.
Ariza kiritish sanasida xorijiy valyuta kursi oʻzgargan taqdirda, talabnomada koʻrsatilgan summa qayta hisob-kitob qilinmaydi.
Arizada koʻrsatilgan tashqi savdo kontraktlari boʻyicha valyuta mablagʻlarining tushishi yoki tovarlarning respublikaga olib kirilishi hamda “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimida rasmiylashtirilishi, ishlar bajarilishi va xizmatlar koʻrsatilishi taʼminlangan taqdirda:
jarima qoʻllash masalasi sudda koʻrib chiqilayotgan paytda — arizani qanoatlantirish qisqartirilishi taʼminlangan qarzdorlik miqdoriga mutanosib ravishda rad etiladi;
sud hujjati qonuniy kuchga kirmagan vaqtda — ijroga qaratilmaydi.
Moliyaviy jarima qoʻllash toʻgʻrisidagi sud hujjati qonuniy kuchga kirgandan soʻng 90 kalendar kun ichida arizada koʻrsatilgan tashqi savdo kontraktlari boʻyicha toʻliq miqdorda aktivlar repatriatsiya qilinishi taʼminlangan taqdirda — ish yuritish tugatiladi va majburiy undirish boʻyicha koʻrilgan barcha choralar bekor qilinadi.
Bunda undirilgan mablagʻlar xoʻjalik yurituvchi subyektning arizasi asosida bank hisobvaragʻiga qaytarib beriladi. Agar, undirilgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi depozit hisobvaragʻida saqlanayotgan boʻlsa, Majburiy ijro byurosi tomonidan qaytarib beriladi.
Sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgandan soʻng davlat soliq xizmati organi xoʻjalik yurituvchi subyektning shaxsiy varaqasida qoʻllanilgan jarima summasini hisobga oladi.
Hisobga olingan jarima summasi soliq qarzi sifatida eʼtirof etilib, belgilangan tartibda majburiy undiruv choralari koʻriladi.
Imtiyozli soliq rejimi beriladigan va (yoki) moliyaviy operatsiyalar amalga oshirilganda oshkor etish va axborot berish nazarda tutilmaydigan davlat va hududlar (offshor hududlar) ROʻYXATI
T/r | Hududning qisqa nomi | Hududning toʻliq nomi | Raqamli kodi |
1. | Amerika Samoasi | Amerika (Sharqiy) Samoasi | 101 |
2. | Angilya | Angilya (Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma qirolligi) | 102 |
3. | Andorra | Andorra Knyazligi | 103 |
4. | Antigua va Barbuda | Antigua va Barbuda | 104 |
5. | Aruba | Aruba oroli (Niderlandiya Qirolligi) | 105 |
6. | Bagama orollari | Bagama orollari hamdoʻstligi | 106 |
7. | Barbados | Barbados | 107 |
8. | Beliz | Beliz | 108 |
9. | Bermud orollari | Bermud orollari (Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma qirolligi) | 109 |
10. | Britan hududlari | Hind okeanidagi Britaniya hududlari (Chagos oroli) | 110 |
11. | Bruney-Dorussalom | Bruney-Dorussalom davlati | 111 |
12. | Vayoming shtati | Vayoming shtati (Amerika Qoʻshma Shtatlari) | 112 |
13. | Vanuatu | Vanuatu Respublikasi | 113 |
14. | Virgin orollari | Virgin orollari (Amerika Qoʻshma Shtatlari) | 114 |
15. | Britaniya Virgin orollari | Britaniya Virgin orollari | 115 |
16. | Gvatemala | Gvatemala Respublikasi | 116 |
17. | Gibraltar | Gibraltar (Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma qirolligi) | 117 |
18. | Gonkong-Syangan | Gonkong-Syangan maxsus ma'muriy hududi (Xitoy Xalq Respublikasi) | 118 |
19. | Grenada | Grenada | 119 |
20. | Delaver Shtati | Delaver Shtati (Amerika Qoʻshma Shtatlari) | 120 |
21. | Dominika | Dominika Hamdoʻstligi | 121 |
22. | Dominika Respublikasi | Dominika Respublikasi | 122 |
23. | Janubiy Georgiya va Janubiy Sandvich orollari | Janubiy Georgiya va Janubiy Sandvich orollari (Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma qirolligi) | 123 |
24. | Djibuti | Djibuti Respublikasi | 124 |
25. | Kayman | Kayman orollari (Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma qirolligi) | 125 |
26. | Kergelen orollari | Kergelen Orollari (Frantsiya Respublikasi) | 126 |
27. | Kipr | Kipr Respublikasi | 127 |
28. | Kiribati | Kiribati Respublikasi | 128 |
29. | Kosta-Rika | Kosta-Rika Respublikasi | 129 |
30. | Kuk orollari | Kuk orollari (Yangi Zellandiya) | 130 |
31. | Labuan | Labuan Federal Hududi (Malay Federatsiyasi) | 131 |
32. | Liberiya | Liberiya Respublikasi | 132 |
33. | Livan | Livan Respublikasi | 133 |
34. | Lixtenshteyn | Lixtenshteyn Knyazligi | 134 |
35. | Mavrikiy | Mavrikiy Respublikasi | 135 |
36. | Madeyra oroli | Madeyra oroli (Portugaliya Respublikasi) | 136 |
37. | Makao-Aomin | Makao-Aomin maxsus ma'muriy hudud (Xitoy Xalq Respublikasi) | 137 |
38. | Maldiv | Maldiv Respublikasi | 138 |
39. | Malta | Malta Respublikasi | 139 |
40. | Marshall orollari | Marshall orollari Respublikasi | 140 |
41. | Monako | Monako Knyazligi | 141 |
42. | Montserrat | Montserrat (Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma qirolligi) | 142 |
43. | Men oroli | Men oroli (Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma qirolligi) | 143 |
44. | Nauru | Nauru Respublikasi | 144 |
45. | Niderlandiya Antillari | Niderlandiya Antil orollari (Niderlandiya Qirolligi) | 145 |
46. | Niue | Niue Respublikasi (Yangi Zellandiya) | 146 |
47. | Normand Gernsi oroli | Normandiya Gernsi oroli (Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma qirolligi) | 147 |
48. | Normand Jersi oroli | Normandiya Jersi oroli (Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma qirolligi) | 148 |
49. | Normand Olderni oroli | Normandiya Olderni oroli (Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma qirolligi) | 149 |
50. | Normand Sark oroli | Normandiya Sark oroli (Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma qirolligi) | 150 |
51. | Palau | Palau Respublikasi | 151 |
52. | Panama | Panama Respublikasi | 152 |
53. | Pitkern | Pitkern (Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma qirolligi) | 153 |
54. | Puerto-Riko | Puerto-Riko (Amerika Qoʻshma Shtatlari) | 154 |
55. | Samoa | Samoa Mustaqil Davlati | 155 |
56. | San-Marino | San-Marino Respublikasi | 156 |
57. | Seyshel Orollari | Seyshel orollari Respublikasi | 157 |
58. | Sen-Marten (Sint-Marten) | Sen-Marten (Sint-Marten) (Niderlandiya Qirolligi) | 158 |
59. | Sent-Vinsent va Grenadin | Sent-Vinsent va Grenadin | 159 |
60. | Sent-Kits va Nevis | Sent-Kits (Sent-Kristofer) va Nevis Federatsiyasi | 160 |
61. | Sent-Lyusiya | Sent-Lyusiya | 161 |
62. | Terks va Kaykos | Terks va Kaykos orollari (Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma qirolligi) | 162 |
63. | Tonga | Tonga Qirolligi | 163 |
64. | Urugvay | Sharqiy Urugvay Respublikasi | 164 |
65. | Fidji | Fidji Respublikasi | 165 |
66. | Filippin | Filippin Respublikasi | 166 |
67. | Frantsuz Polineziyasi | Frantsuz Polineziyasi (Frantsiya Respublikasi) | 167 |
68. | Shri-Lanka | Shri-Lanka Demokratik Sotsialistik Respublikasi | 168 |
69. | Yamayka | Yamayka | 169 |
I. Quyidagi hollarda tovarlar (maxsus tovarlardan tashqari), ish va xizmatlarni eksport qilish huquqingiz mavjud:
summasidan qatʼiy nazar:
Xalqaro toʻlov tizimi orqali toʻlangan hollarda butunjahon Internet tarmogʻi orqali:
• bitta invoys boʻyicha 5 ming AQSH dollarigacha;
• xaridor bilan yozma shartnoma tuzmasdan;
• barcha yuridik va jismoniy shaxslarga umumqabul qilingan xalqaro amaliyotga muvofiq hisobot yuritgan holda;
• Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga axborot kiritmasdan;
• pochta aloqa xizmatlari koʻrsatish qoidalariga muvofiq;
• bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirmasdan.
Jismoniy shaxslar:
• umumiy qiymati 5 ming AQSH dollarigacha;
• bojxona deklaratsiyasi taqdim etmasdan.
Tadbirkorlik subyektlari mazkur talablar va shartlar bilan eksport qilganlarida qoʻshilgan qiymat soligʻining nol darajali stavkasi qoʻllaniladi va buning natijasida hosil boʻlgan ortiqcha summasini qaytarib olish huquqiga ega. Bunda, qayd qilingan talab va shartlar eskportni tasdiqlovchi hujjat boʻlib hisoblanadi.
II. Tadbirkorlik subyektlariga 2017-yilning 5-sentyabriga qadar tashqi savdo kontraktlari boʻyicha hosil boʻlgan kreditor qarzdorliklarni hisobdan chiqarish boʻyicha:
• boshqaruv organlari qaror qabul qilganida;
• hisobdan chiqarilgan qarzdorlik summasiga soliqlar hisoblanmaydi.
III. Tadbirkorlik subyektlariga 2017-yil 1-dekabrdan boshlab tovarlarni (maxsus tovarlardan tashqari), ishlar va xizmatlarni eksport qilish boʻyicha quyidagi huquq berilgan:
• eksport kontrakti tuzmasdan;
• invoys asosida;
• eksport qiluvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi banklaridagi hisob raqamlariga oldindan toʻlov 50 foiz tushgandan soʻng;
• Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga maʼlumotlarni kiritish sharti bilan.
Eksport shartnomalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorligi bo‘lmagan — intizomli soliq to‘lovchilar |