Марказий аппарат
Солиқ бошқармаси
Солиқ бошқармаси
Солиқ бошқармаси
Солиқ бошқармаси
Солиқ бошқармаси
Солиқ бошқармаси
Солиқ бошқармаси
Солиқ бошқармаси
Солиқ бошқармаси
Солиқ бошқармаси
Солиқ бошқармаси
Солиқ бошқармаси
Солиқ бошқармаси
Солиқ бошқармаси
Солиқ бошқармаси
Bugungi kunda vatanimiz dunyoga islohotlar mamlakati sifatida tanilib ulgurdi. Har jabhada o‘zgarishlar, yangilanishlar kechmoqda. Boshqaruv tizimi shaffof, ochiq siyosat yuritish tamoyillari asosida yo‘lga qo‘yilmoqda.
Biroq jamiyatda shunday illatlar borki, u ma’lum bir sohaga emas, balki butun jamiyat taraqqiyotiga to‘g‘anoq bo‘ladi. Davlatni ich-ichidan yemiradigan ana shunday illat – korrupsiya va poraxo‘rlikdir. Korrupsiyaning har qanday shakldagi ko‘rinishi islohotlar shiddatini susaytirib, natijadorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi bilan xavflidir.
Shu bois, xodimlar o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish va unga qarshi kurashish soliq organlarining ham ustuvor vazifasi hisoblanadi.
Soliq organlari xodimlari tomonidan o‘z faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik va bu borada samarali tizimni shakllantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati” tasdiqlandi.
2024-yilda salbiy holatlarni sodir qilmaslik yuzasidan xodimlar bilan alohida profilaktik tarbiyaviy suhbatlar oʻtkazildi. Boshqarma xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish borasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida targʻibot ishlari olib borildi.
Qolaversa, jazoni oʻtash muassasalarida saqlanayotgan mahbuslardan olingan maxsus intervyular asosida tayyorlangan maxsus videorolik boshqarma va hududiy soliq inspeksiyalarida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarga namoyish etilib, tegishli ogohlantiruv-profilaktik tadbirlar oʻtkazildi.
Raqamlashtirish orqali inson omilini kamaytirish – har bir sohada korrupsiyaga qarshi kurashish, byurokratiyani kamaytirish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Soliq toʻlovchilarga qulaylik yaratish, soliqqa oid hisob-kitob jarayonlarini soddalashtirish va iqtisodiyotda xufiyona aylanmalarni oʻz vaqtida aniqlash va oldini olishni taʼminlash maqsadida 2024-yilda 5 ta yangi axborot tizimi ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi.
Xodimlar xatti-harakatlarining qonuniyligiga, odob-axloq normalariga rioya qilishga, shuningdek, korrupsiya va boshqa huquqbuzarlik holatlari sodir etilishini oldini olishga qaratilgan aloqa kanallari uzluksiz faoliyat yuritmoqda.
Soliq organining rasmiy veb-saytidagi “Ishonch telefonlari”, Shaxsiy xavfsizlik tuzilmalarining telefon raqamlari, telegram ijtimoiy tarmogʻidagi “@dsq_anticorrupciya_bot” kanali, “Elektron soliq xizmatlari” portali va boshqa kanallari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻliq yangilandi.
Manfaatlar toʻqnashuvini aniqlash tizimi soliq xizmati organlarida toʻliq avtomatlashtirildi.
Soliq organlari oʻzining korrupsiyaga qarshi siyosatida belgilab olgan asosiy tamoyillaridan kelib chiqib, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini doimiy ravishda takomillashtirib boradi hamda korrupsiyadan holi davlat organi sifatida tan olinishi uchun barcha choralarni koʻradi.
O.Toxtabayev,
Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i
Энг муҳим янгиликларни биринчи бўлиб олишни xоҳлайсизми? Билдиришномаларга обуна бўлинг!