Soliq toʻlovchilar
1) Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar;
2) Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasalar orqali amalga oshiradigan, yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmalari;
3) Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan daromadlar oluvchi Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar.
(Soliq kodeksining 294-moddasi)
Soliq solish obyektlari
1) Yuridik shaxs uchun – jami daromad va xarajatlar oʻrtasidagi farq;
2) Faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi norezident uchun doimiy muassasaning faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan jami daromad (shu jumladan bunday doimiy muassasaning faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar) va xarajatlar oʻrtasidagi farq.
(Soliq kodeksining 295-moddasi)
Soliq solish bazasi
Daromad bilan chegirib tashlanadigan xarajatlar oʻrtasidagi farq.
(Soliq kodeksining 296-moddasi)
Soliq stavkalari
Soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
T/r |
Soliq toʻlovchilar |
Soliq stavkalari, foizlarda |
1 |
Banklar |
20 |
2 |
Quyidagi soliq toʻlovchilar: polietilen granulalar ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi; faoliyatining asosiy turi mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatishdan iborat boʻlgan |
20 |
3 |
Oʻzi ishlab chiqargan oʻz qishloq xoʻjaligi mahsulotini realizatsiya qilishdan olingan foyda boʻyicha ushbu Kodeksning 57-moddasida nazarda tutilgan mezonlarga javob beruvchi qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari va baliq xoʻjaligi korxonalari |
0 |
4 |
Ijtimoiy sohada faoliyatni amalga oshiruvchi soliq toʻlovchilar |
0 |
5 |
Qoʻshimcha manbalardan daromadlar oluvchi byudjet tashkilotlari |
0 |
7 |
Bozor va savdo komplekslarida xizmat koʻrsatishdan olingan foyda |
20 |
8 |
Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) elektron savdosini amalga oshiruvchi soliq toʻlovchilar |
10 |
9 |
Yagona ishtirokchilari nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari boʻlgan va umumiy xodimlar sonida nogironligi boʻlgan shaxslar kamida 50 foizni tashkil etadigan va nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnatiga haq toʻlash jamgʻarmasi mehnatga haq toʻlash umumiy fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan soliq toʻlovchilar |
0 |
10 |
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq banki tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablagʻlardan foydalanishdan olinadigan daromadlar |
0 |
101 |
Umumiy quvvati 100 kVtgacha boʻlgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalaridan foydalangan holda umumiy tarmoqqa elektr energiyasini realizatsiya qilishdan olingan foyda |
0 |
11 |
Dividendlar tarzidagi daromadlar |
5 |
12 |
Qolgan soliq toʻlovchilar, bundan 1 — 11-bandlarda koʻrsatilganlar mustasno |
15 |
(Soliq kodeksining 337-moddasi)
Soliq davri
Kalendar yil soliq davridir.
Yilning choragi hisobot davridir.
(Soliq kodeksining 338-moddasi)
Soliq hisobotlarini taqdim qilish tartibi
Yilning har chorakda, hisobot davridan keyingi oyning 20 kunidan kechiktirmay;
Soliq davri yakunlari boʻyicha – soliq davri oʻtgandan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay.
(Soliq kodeksining 339-moddasi)
Toʻlov muddati
1) Hisobot davri yakunlari boʻyicha – hisobot davridan keyingi oyning 20 kunidan kechiktirmay
2) Soliq davri yakunlari boʻyicha – soliq davri oʻtgandan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay
3) Hisobot davri yakunlari boʻyicha jami daromadi besh milliard soʻmdan oshadigan soliq toʻlovchilar har oylik boʻnak toʻlovlarini oyning 23 kunidan kechiktirmay.
(Soliq kodeksining 340-moddasi)
Soliq toʻlovchilar
1) Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari;
2) Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi soliq davrida bir milliard soʻmdan oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlar;
3) Oʻzbekiston Respublikasi hududida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qiluvchi chet el yuridik shaxslari, shuningdek chet davlatning qonunchiligiga muvofiq tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtgan va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar;
4) Faoliyatni Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasalar orqali amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari;
5) Oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnoma) doirasida amalga oshiriladigan faoliyat boʻyicha — oddiy shirkatning ishlarini yuritish vazifasi zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxs – oddiy shirkatning ishtirokchisi;
6) Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtuvchi shaxslar.
(Soliq kodeksining 237-moddasi)
7) aksiz soligʻi toʻlanadigan tovarlarni (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchi va foydali qazilmalarni kavlab olishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar;
8) yuridik shaxslar — qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga, basharti ularda yigirma besh gektar va undan ortiq sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi ekin maydoni mavjud boʻlsa;
9) benzin, dizel yoqilgʻisi va gazni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar;
10) lotoreyalarni tashkil etish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar;
11) boʻsh turgan binolar, yashash uchun moʻljallanmagan inshootlar va qurilishi tugallanmagan obyektlar, shuningdek foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarining mulkdori boʻlgan yuridik shasxlarga, ulardan samarasiz foydalanilayotganligi boʻyicha qonunda belgilangan tartibda xulosa kiritilganlar;
12) markazlashtirilgan moliyalashtirish manbalari hisobidan obyektlarni (joriy va kapital taʼmirlash bundan mustasno) qurishni bajaruvchi yuridik shaxslar;
13) alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivoni chakana sotish boʻyicha turgʻun savdo shoxobchalari;
14) bozorlar va savdo komplekslari;
15) soliq maslahatchilarining tashkilotlari;
16) auditorlik tashkilotlari;
17) notijorat tashkilotlari, shu jumladan byudjet tashkilotlari.
(Soliq kodeksining 461-moddasi)
18) Realizatsiya qilish joyi Oʻzbekiston Respublikasi boʻlgan elektron shakldagi xizmatlarni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari bunday xizmatlarni jismoniy shaxslarga koʻrsatishga oid qism boʻyicha soliq toʻlovchilar deb eʼtirof etiladi.
(Soliq kodeksining 278-moddasi)
Soliq solish obyektlari
1) realizatsiya qilish joyi Oʻzbekiston Respublikasi boʻlgan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanma;
2) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirish.
(Soliq kodeksining 238-moddasi)
Soliq bazasi
Aksiz soligʻini (aksiz toʻlanadigan tovarlar, xizmatlar uchun) hisobga olib, unga soliqni kiritmagan holda, bitim taraflari tomonidan qoʻllanilgan narxdan (tarifdan) kelib chiqqan holda realizatsiya qilinadigan tovarlarning (xizmatlarning) qiymati sifatida aniqlanadi.
(Soliq kodeksining 248-moddasi)
Soliq stavkasi
1) Bazaviy stavka - 12%
(Soliq kodeksining 258-moddasi);
2) Eksport operatsiyalariga va ularga tenglashtirilgan operatsiyalar boʻyicha aylanmalarga nol darajali stavka boʻyicha soliq solinadi
(Soliq kodeksining 36-bobi).
Soliq davri
1) Soliq (hisobot) davri - bir oy.
(Soliq kodeksining 259-moddasi)
2) Elektron shakldagi elektron xizmatlar koʻrsatuvchi chet el yuridik shaxslari uchun soliq davri - bir chorak.
(Soliq kodeksining 280-moddasi)
Soliq hisobotlarini taqdim qilish tartibi
1) Yilning har oyida, soliq davridan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay.
(Soliq kodeksining 273-moddasi)
2) Elektron shakldagi elektron xizmatlar koʻrsatuvchi chet el yuridik shaxslari tomonidan soliq organiga soliq hisobotlari, hujjatlar (axborot) va boshqa maʼlumotlar oʻtgan chorakdan keyingi oyning yigirmanchi kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
(Soliq kodeksining 281-moddasi)
Toʻlov muddati
1) Har oyda keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
(Soliq kodeksining 273-moddasi)
2) Elektron shakldagi elektron xizmatlar koʻrsatuvchi chet el yuridik shaxslari tomonidan soliqni toʻlash soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
(Soliq kodeksining 281-moddasi)
Soliq toʻlovchilar
1) Aksiz soligʻi solinadigan tovarlarni (aksiz toʻlanadigan tovarlarni) ishlab chiqaruvchilar;
2) tabiiy gazni isteʼmolchilarga realizatsiya qilishni amalga oshiruvchilar;
3) benzin, dizel yoqilgʻisini yakuniy isteʼmolchilarga realizatsiya qilishni, shu jumladan avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari orqali, shuningdek gazni gaz toʻldirish stansiyalari va gaz toʻldirish punktlari orqali realizatsiya qilishni amalga oshiruvchilar;
4) oddiy shirkat ishtirokchisi boʻlgan, oddiy shirkat shartnomasi doirasida amalga oshiriladigan aksiz toʻlanadigan tovarni ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan faoliyat boʻyicha oddiy shirkat ishlarini yuritish vazifasi zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxs;
5) Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududi orqali aksiz toʻlanadigan tovarlarni olib oʻtuvchilar.
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiradigan, aksiz soligʻi solinadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi yoki shunday tovarlarni olib kirishni amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari ham soliq toʻlovchilar deb eʼtirof etiladi.
(Soliq kodeksining 283-moddasi)
Soliq solish obyektlari
1) aksiz toʻlanadigan tovarlarni realizatsiya qilish;
2) aksiz toʻlanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ustav fondiga hissa sifatida berish;
3) aksiz toʻlanadigan tovarlarni:
a) ishtirokchiga (muassisga) u yuridik shaxs tarkibidan chiqqan (chiqib ketgan) taqdirda yoxud yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi kamayganda yoki yuridik shaxs tomonidan ishtirokchidan ushbu yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi (ulushning bir qismi) qaytarib sotib olinganda ishtirokchiga berish;
b) yuridik shaxs boʻlgan emitent tomonidan aksiyadordan ushbu emitent chiqargan aksiyalar qaytarib sotib olingan taqdirda aksiyadorga berish;
v) yuridik shaxsni tugatishda aksiyadorga yoki ishtirokchiga berish;
4) aksiz toʻlanadigan tovarlarni qaytarish sharti bilan qayta ishlash uchun topshirish;
5) aksiz toʻlanadigan tovarlardan oʻz ehtiyojlari uchun foydalanish;
6) aksiz toʻlanadigan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirish;
7) benzinni, dizel yoqilgʻisini va gazni yakuniy isteʼmolchilarga realizatsiya qilish yoki ulardan oʻz ehtiyojlari uchun foydalanish.
(Soliq kodeksining 284-moddasi)
Soliq bazasi
1) aksiz toʻlanadigan tovarlarning naturada ifodalangan hajmi;
2) realizatsiya qilingan aksiz toʻlanadigan tovarlarning qiymati;
(Soliq kodeksining 285-moddasi)
Soliq stavkasi
Soliq stavkalari tovarning yoki xizmatning qiymatiga nisbatan foizlarda (advalor), naturada ifodalangan oʻlchov birligiga nisbatan mutlaq summada (qatʼiy belgilangan), shuningdek advalor va qatʼiy belgilangan soliq stavkalarini oʻz ichiga olgan aralash stavkada belgilanadi.
(Soliq kodeksining 289, 2891, 2892,2893-moddalari)
Soliq davri
Hisobot davri bir oy.
(Soliq kodeksining 291-moddasi)
Soliq hisobotlarini taqdim qilish tartibi
Har oyda soliq davridan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
(Soliq kodeksining 292-moddasi)
Toʻlov muddati
Har oyda soliq davridan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
(Soliq kodeksining 293-moddasi)
Soliq toʻlovchilar
Oʻzbekiston Respublikasi hududida yer qaʼridan foydali qazilmalarni qazib olishni va (yoki) texnogen mineral hosilalardan foydali qazilmalarni ajratib olishni bundan buyon ushbu boʻlimda foydali qazilmalarni qazib olish (ajratib olish) deb yuritiladi) amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar.
(Soliq kodeksining 449-moddasi)
Soliq solish obyektlari
Qazib olingan (ajratib olingan) qora, qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallarning, shuningdek noyob elementlarning va noyob yer elementlarining haqiqatda realizatsiya qilingan hajmi. Boshqa turdagi foydali qazilmalar boʻyicha qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilma hajmi.
(Soliq kodeksining 450-moddasi)
Soliq bazasi
Qazib olingan (ajratib olingan) qora, qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallarning, shuningdek noyob elementlarning va noyob yer elementlarining haqiqatda realizatsiya qilingan hajmi qiymati. Boshqa turdagi foydali qazilmalar boʻyicha qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilma hajmining qiymati.
(Soliq kodeksining 451-moddasi)
Soliq stavkasi
Soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
T/r |
Foydali qazilmalar guruhi |
Soliq solish obyektining nomi |
Soliq stavkalari, foizlarda |
1. |
Energiya manbalari |
Neft, tabiiy gaz, gaz kondensati |
10 |
Utilizatsiya qilingan tabiiy gaz, realizatsiya qilingan hajmi boʻyicha |
5 |
||
Yer ostiga joylashtirilgan gaz |
2,6 |
||
Koʻmir, yonuvchi slanslar |
4 |
||
2. |
Qimmatbaho metallar |
Oltin, kumush, palladiy, platina va platina guruhi, osmiy va boshqa qimmatbaho metallar |
7 |
3. |
Rangli metallar |
Mis, qoʻrgʻoshin, rux, molibden, nikel, kobalt, qalay, surma, simob, alyuminiy |
7 |
Boshqa rangli metallar |
10 |
||
4. |
Radioaktiv metallar, nodir elementlar va nodir yer elementlari |
Uran, toriy, radiy |
8 |
Volfram |
2,7 |
||
Reniy, selen, tellur, indiy, vismut, tantal, niobiy, berilliy, litiy, rubidiy, seziy, galiy, titan, sirkoniy, gafniy, talliy, kadmiy |
8 |
||
Lantan va lantanoidlar, ittriy, skandiy |
8 |
||
Boshqa radioaktiv metallar, nodir elementlar va nodir yer elementlari |
8 |
||
5. |
Nodir tosh xom ashyosi |
Feruza, listvenit, rodonit, zmeevik, marmar yoʻl-yoʻl aqiq, kaxolong, yashma, xalsedon, aqiq, gematit va boshqa qimmatbaho, yarim qimmatbaho va zeb‑ziynat uchun toshlar xom ashyosi |
10 |
6. |
Qora metallar |
Temir |
2 |
Titan, marganes, xrom, vanadiy va boshqa qora metallar |
4 |
||
7. |
Kon-kimyo xom ashyosi |
Mineral pigmentlar |
5,5 |
Yod |
4,8 |
||
Mineral tuzlar (tosh tuz (ovqatga ishlatiladigani), kaliy tuzi, sulfat tuzi), karbonat xom ashyosi (ohaktoshlar, dolomitlar), mineral oʻgʻitlar (glaukonit, fosforitlar va boshqalar) hamda boshqa kon-kimyo xom ashyosi |
3,5, biroq 6160 soʻm/kub.m dan kam boʻlmagan |
||
8. |
Kon-ruda xom ashyosi |
Eruvchan shpat, dala shpati xom ashyosi, kvars va kvarsit, kaolin (realizatsiya qilingan hajmi boʻyicha), tabiiy grafit |
7,9 |
Shisha xom ashyosi, kvars qum, brusit marmar |
3 |
||
Talk va talk toshi, talkli magnezit, vollastonit, asbest, barit, vermikulit, qoliplash xom ashyosi, felzit |
4 |
||
Serpentinit va boshqa kon-ruda xom ashyosi |
5 |
||
9. |
Noruda qurilish materiallari |
Sement xom ashyosi, bundan sement ishlab chiqarish uchun moʻljallangan ohaktosh mustasno |
5 |
Sement ishlab chiqarish uchun moʻljallangan ohaktosh |
6 600 soʻm/tonna* |
||
Arralanadigan xarsangtosh, xarsangtosh, ohaktosh-chigʻanoq, ohaktosh (sement va ohak ishlab chiqarish uchun moʻljallangan ohaktoshdan tashqari), dolomitlar, qurilishda ishlatiladigan mayda toshlar, bazalt, granodioritlar, granosiyenitlar, siyenitlar, porfiritlar, diabaz-porfiritlar, gabbro, slanes jinslari, karbonat xom ashyosi, travertin |
5, biroq
6 160 soʻm/kub.m dan kam boʻlmagan |
||
Tabiiy bezaktoshdan bloklar |
5, biroq 10 000 soʻm/kub.m dan kam boʻlmagan |
||
Marmar |
5, biroq 20 000 soʻm/kub.m dan kam boʻlmagan |
||
Granitlar |
5, biroq 30 000 soʻm/kub.m dan kam boʻlmagan |
||
Gips toshi, gips va angidrid, ganch |
5, biroq 15 950 soʻm/tonna dan kam boʻlmagan |
||
Gʻisht-cherepitsa xom ashyosi, lyosslar va lyossimon jinslar |
5, biroq 4 620 soʻm/kub.m dan kam boʻlmagan |
||
Qurilish qumi, qumtoshlar, qum-shagʻal aralashmasi** |
5 000 soʻm/kub.m dan kam boʻlmagan |
||
Ohak ishlab chiqarish uchun moʻljallangan ohaktosh, farfor xom ashyosi, keramzit xom ashyosi, mergel, argillitlar, vulqon jinslari, pelitli tuffitlar, mineral tola ishlab chiqarish uchun bazalt, diabaz, gliyej, andezibazalt, temir tarkibli qoʻshimchalar, magnetit-gematitli jinslar va boshqa noruda qurilish materiallari hamda keng tarqalgan foydali qazilmalar |
5 |
||
10. |
Texnogen mineral hosilalardan ajratib olingan foydali qazilmalar |
Asosiy foydali qazilmani qazib olganlik uchun soliq stavkasining 50 foizi |
(Soliq kodeksining 452-moddasi)
Soliq davri
Kalendar yil choragi soliq davri hisoblanadi.
Quyidagilar hisobot davridir:
yuridik shaxslar uchun – bir oy.
(Soliq kodeksining 453-moddasi)
Soliq hisobotlarini taqdim qilish tartibi
Yuridik shaxslar tomonidan – ortib boruvchi yakun bilan har oyda, noruda foydali qazilmalar boʻyicha qazib olish amalga oshiriladigan joydagi soliq organlariga hisobot davridan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa – yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda.
(Soliq kodeksining 454-moddasi)
Toʻlov muddati
Yuridik shaxslar tomonidan – har oyda keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay.
(Soliq kodeksining 454-moddasi)
Soliq toʻlovchilar
Oʻzbekiston Respublikasi hududida suvdan foydalanishni yoki suv isteʼmolini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar;
Faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasalari orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar.
(Soliq kodeksining 441-moddasi)
Soliq solish obyektlari
Yer usti va yer osti manbalaridan olib foydalaniladigan suv resurslari.
(Soliq kodeksining 442-moddasi)
Soliq bazasi
Foydalanilgan suvning hajmi soliq bazasidir.
(Soliq kodeksining 443-moddasi)
Soliq stavkasi
Belgilangan limit doirasida yer usti va yer osti manbalaridan olinadigan suv resurslari uchun soliq stavkalari mutlaq miqdorda bir kub metr uchun quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
T/r |
Soliq toʻlovchilar va soliq solish obyektlari |
1 kub metr uchun soliq stavkasi (soʻmda) |
|
yer usti suv resurslari manbalari |
yer osti suv resurslari manbalari |
||
1. |
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi korxonalar (bundan 2-bandda koʻrsatilganlar mustasno), shu jumladan sanoat korxonalari, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar |
700 |
850 |
2. |
Elektr stansiyalari va kommunal xizmat koʻrsatish korxonalari |
110 |
135 |
3. |
Qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish va baliqlarni oʻstirish (yetishtirish) uchun foydalaniladigan suv hajmi, shu jumladan dehqon xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi yerlariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar |
100 |
100 |
4. |
Avtotransport vositalarini yuvish uchun ishlatilgan suv hajmi |
15 000 |
15 000 |
5. |
Alkogolsiz ichimliklarni hamda pivo va vinodan tashqari alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan suv hajmi |
38 000 |
38 000 |
(Soliq kodeksining 445-moddasi)
Soliq davri
Kalendar yil soliq davri.
(Soliq kodeksining 446-moddasi)
Soliq hisobotlarini taqdim qilish tartibi
Joriy toʻlovlar boʻyicha maʼlumotnoma
Boʻnak toʻlovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun soliq toʻlovchilar
(qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari) joriy soliq davrining 20-yanvaridan
kechiktirmay, yangi tashkil etilganlari esa davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan
kundan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay.
(Soliq kodeksining 448-moddasi)
Hisob-kitoblar
Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari tomonidan, (bundan qishloq xoʻjaligi korxonalari mustasno) — hisobot davridan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay;
qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan — joriy soliq davrining 15-dekabridan kechiktirmay;
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasalar orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan — soliq davridan keyingi yilning 20-yanvaridan kechiktirmay.
(Soliq kodeksining 447-moddasi)
Toʻlov muddati
boʻnak toʻlovlar:
soliq davrida soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200 yuz baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (bundan aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar mustasno) — har oyning 20 sanasidan kechiktirmay yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida;
soliq davrida soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan kamroqni tashkil etadigan, aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar boʻlmagan yuridik shaxslar, shuningdek aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan — har chorak uchinchi oyining 20 sanasidan kechiktirmay yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlanadi.
Qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan soliq davri uchun soliqni toʻlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1-oktabrga qadar — soliq organlari tomonidan aniqlangan yillik soliq summasining 70 foizi;
15-dekabrga qadar — soliqning qolgan summasi.
(Soliq kodeksining 448-moddasi)
Soliq toʻlovchilar
Oʻzbekiston Respublikasi hududida soliq solinadigan mol-mulkka ega boʻlgan yuridik shaxslar.
(Soliq kodeksining 411-moddasi)
Soliq solish obyektlari
1) koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlarda roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan binolar va inshootlar;
2) qurilishi tugallanmagan obyektlar;
3) temir yoʻllar, magistral quvurlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, shuningdek mazkur obyektlarning ajralmas texnologik qismi boʻlgan inshootlar;
4) qurilish tashkilotlari yoki imoratlarni quruvchilar balansida keyinchalik sotish uchun koʻrsatilgan turar joy koʻchmas mulk obyektlari, koʻchmas mulk obyekti foydalanishga topshirilgandan keyin olti oy oʻtgach.
(Soliq kodeksining 411-moddasi)
Soliq bazasi
1) Bino va inshootlar;
2) qurilish tashkilotlari yoki imoratlarni quruvchilar balansda keyinchalik sotish uchun koʻrsatilgan, foydalanishga topshirilgandan keyin olti oy oʻtgan koʻchmas mulk obyektlari;
3) Toʻliq amortizatsiya qilingan binoning qayta baholangan (bozor) qiymati;
4) Normativ muddatda tugallanmagan qurilish obyektining oʻrtacha yillik qiymati;
5) Temir yoʻllar, magistral quvurlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, shuningdek mazkur obyektlarning ajralmas texnologik qismi boʻlgan inshootlarning oʻrtacha yillik qoldiq qiymati;
6) Konservatsiya qilinishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan koʻchmas mulk va tugallanmagan qurilish obyektlarining oʻrtacha yillik qoldiq qiymati.
Soliqni hisoblab chiqarish maqsadida koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlarda roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan binolar va inshootlarga nisbatan soliq bazasi quyidagi miqdorlarda 1 kv. metr uchun mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymatdan past boʻlishi mumkin emas:
Toshkent shahrida — uch million uch yuz ming soʻm;
Nukus shahrida va viloyat markazlarida — ikki million ikki yuz soʻm;
boshqa shaharlarda va qishloq joylarda — bir million uch yuz ming soʻm;
(Soliq kodeksining 412-moddasi)
Soliq stavkasi
1) Bazaviy stavka 1,5%;
2) qurilishi normativ muddatda tugallanmagan obyektlarga nisbatan soliq stavkasi 3 foiz miqdorida;
3) Temir yoʻllar, magistral quvurlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, shuningdek mazkur obyektlarning ajralmas texnologik qismi boʻlgan inshootlar hamda konservatsiya qilingan koʻchmas mulk va tugallanmagan qurilish obyektlariga 0,6 foiz miqdorda belgilanadi.
(Soliq kodeksining 415-moddasi)
Soliq davri
Kalendar yil soliq davri.
(Soliq kodeksining 416-moddasi)
Soliq hisobotlarini taqdim qilish tartibi
Joriy toʻlovlar boʻyicha maʼlumotnoma
Joriy toʻlovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun joriy soliq davrining 20-yanvarigacha, yangi tashkil etilganlar esa, roʻyxatdan oʻtgan sanadan eʼtiboran 30 kundan kechiktirmay.
(Soliq kodeksining 417-moddasi)
Hisob-kitoblar
Yil yakuni buyicha bir marta, yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi, keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay.
(Soliq kodeksining 417-moddasi)
Toʻlov muddati
- aylanmadan soliq toʻlovchilar tomonidan — yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida yilning har choragi uchinchi oyining 20-kunidan kechiktirmay;
- aylanmadan soliq toʻlovchilar hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan — yillik soliq summasining oʻn ikkidan bir qismi miqdorida har oyning 10-kunidan kechiktirmay. Bunda yanvar oyi uchun 20-yanvardan kechiktirmay.
(Soliq kodeksining 417-moddasi)
Soliq toʻlovchilar
Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega boʻlgan yuridik shaxslar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻlovchilar.
(Soliq kodeksining 425-moddasi)
Soliq solish obyektlari
Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yuridik shaxslarda boʻlgan yer uchastkalari.
(Soliq kodeksining 426-moddasi)
Soliq bazasi
Yer uchastkasining soliq solinmaydigan yer uchastkalari maydonlari chegirib tashlangan holdagi umumiy maydoni.
(Soliq kodeksining 427-moddasi)
Soliq stavkasi
Yer maydoni xususiyatidan kelib chiqqan holda 1 gektar uchun belgilangan soliq summasi.
Konlar va karyerlar band etgan yerlar uchun soliq tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari belgilagan soliq stavkalariga nisbatan 0,1 koeffitsiyent, lalmi-yaylov zonada joylashgan yerlar uchun esa — 0,05 koeffitsiyent qoʻllanilgan holda toʻlanishi hamda lalmi-yaylov zonada joylashgan yerlar uchun soliq tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari belgilagan soliq stavkalariga nisbatan 0,3 koeffitsiyent qoʻllaniladi.
Qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlar uchun esa – 1 gektar uchun soliq stavkalari normativ qiymatga nisbatan 0,95 foiz miqdorda.
(Soliq kodeksining 429-moddasi)
Soliq davri
Kalendar yil soliq davri.
(Soliq kodeksining 430-moddasi)
Soliq hisobotlarini taqdim qilish tartibi
Hisobot yilining 20-yanvariga qadar.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha — joriy soliq davrining 1-mayidan kechiktirmay.
(Soliq kodeksining 431-moddasi)
Toʻlov muddati
1) aylanmadan soliq toʻlovchilar uchun − yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida, har chorak uchinchi oyining 20-sanasidan kechiktirmay;
2)aylanmadan soliq toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar uchun — yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida, har oyning 10-sanasidan kechiktirmay. Bunda yanvar oyi uchun 20-yanvardan kechiktirmay.
3) Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar uchun hisobot yilining 1-sentyabriga qadar – yillik soliq summasining 30 foizi;
hisobot yilining 1-dekabriga qadar – soliqning qolgan summasi.
(Soliq kodeksining 432-moddasi)
Soliq toʻlovchilar
Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari;
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar, chet el yuridik shaxslarining vakolatxonalari va filiallari.
(Soliq kodeksining 402-moddasi)
Soliq solish obyektlari
Ish haqi toʻlashga doir xarajatlar.
(Soliq kodeksining 403-moddasi)
Soliq bazasi
Toʻlanadigan xarajatlar summasi.
(Soliq kodeksining 404-moddasi)
Soliq stavkasi
T/r |
Soliq toʻlovchilar |
Soliq stavkalari, foizlarda |
1. |
Soliq toʻlovchilar, bundan 2 — 4-bandlarda nazarda tutilganlar mustasno |
12 |
2. |
Byudjet tashkilotlari |
25 |
3. |
“SOS — Oʻzbekiston Bolalar mahallalari” uyushmalari |
7 |
4. |
Ixtisoslashtirilgan sexlar, uchastkalar va korxonalarda ishlovchi nogironligi boʻlgan shaxslar mehnatidan foydalanuvchi soliq toʻlovchilar |
4,7 |
Soliq toʻlovchilarning ayrim toifalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan pasaytirilgan soliq stavkalari belgilanishi mumkin.
(Soliq kodeksining 405-moddasi)
Soliq davri
Kalendar yil soliq davri.
Yil oyi hisobot davri.
(Soliq kodeksining 406-moddasi)
Soliq hisobotlarini taqdim qilish tartibi
Soliq hisoboti soliq toʻlovchi tomonidan soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi soliq organlariga har oyda hisobot davridan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa—keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay taqdim etiladi.
(Soliq kodeksining 407-moddasi)
Toʻlov muddati
Yilning har oyida, hisobot davridan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay.
(Soliq kodeksining 407-moddasi)
Soliq toʻlovchilar
Soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi bir milliard soʻmdan oshmagan Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslar.
(Soliq kodeksining 461-moddasi)
Soliq solish obyektlari
Hisobot davridagi jami daromad.
(Soliq kodeksining 463-moddasi)
Soliq bazasi
Hisoblab chiqarilgan jami daromad.
(Soliq kodeksining 464-moddasi)
Soliq stavkasi
T/r |
Soliq toʻlovchilar |
Soliq stavkalari, foizlarda |
1. |
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi soliq toʻlovchilar, bundan 2 — 6-bandlarda nazarda tutilganlar mustasno |
4 |
2. |
Chakana savdo sohasidagi soliq toʻlovchilar |
|
2.1. |
joylashgan joyiga qarab: |
|
aholisi soni yuz ming nafar va undan koʻp kishidan iborat shaharlarda |
4 |
|
boshqa aholi punktlarida |
2 |
|
borish qiyin boʻlgan va togʻli tumanlarda |
1 |
|
2.2. |
joylashgan joyidan qatʼi nazar, tamaki mahsulotlarini realizatsiya qilishdan tovar aylanmasi boʻyicha |
4 |
3. |
Quyidagi joylarda joylashgan ulgurji va chakana dorixona tashkilotlari: |
|
aholisi soni yuz ming nafar va undan koʻp kishidan iborat shaharlarda |
3 |
|
boshqa aholi punktlarida |
2 |
|
borish qiyin boʻlgan va togʻli tumanlarda |
1 |
|
4. |
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib oluvchi, saralovchi, saqlovchi va qadoqlovchi tayyorlov tashkilotlari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar |
tovar aylanmasining 4 yoki yalpi
daromadning |
5. |
Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) elektron savdosini amalga oshiruvchi soliq toʻlovchilar (ushbu Kodeks 337-moddasining beshinchi qismida belgilangan qoidalarni inobatga olgan holda) |
3 |
6. |
Yagona ishtirokchisi nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamgʻarmasi va “Oʻzbekiston Chernobilchilari” assotsiatsiyasi boʻlgan, umumiy sonida nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va 1941 — 1945-yillardagi mehnat fronti veteranlari 50 foizdan kam boʻlmagan va nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va 1941 — 1945-yillardagi mehnat fronti veteranlarining mehnatiga haq toʻlash fondi umumiy mehnatga haq toʻlash fondining 50 foizidan kam boʻlmagan soliq toʻlovchilar |
0 |
Soliq toʻlovchilar qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlashni tanlashga haqli.
Soliqni qatʼiy belgilangan summada toʻlovchi soliq toʻlovchilar uchun soliq stavkasi quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
T/r |
Soliq toʻlovchilar |
Bir yillik soliq stavkalari (mln soʻmda) |
1. |
Jami daromadi besh yuz million soʻmdan oshmagan soliq toʻlovchilar |
30 |
2. |
Jami daromadi besh yuz million soʻmdan yuqori boʻlgan soliq toʻlovchilar |
40 |
(Soliq kodeksining 467-moddasi)
Soliq davri. Hisobot davri
Kalendar yil soliq davri.
Bir oy hisobot davri.
(Soliq kodeksining 469-moddasi)
Soliq hisobotlarini taqdim etish va soliqni toʻlash tartibi
- hisobot davri yakunlari boʻyicha - hisobot davridan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay;
-soliq davri yakunlari boʻyicha - soliq davridan keyingi davrning 15-fevralidan kechiktirmay.
(Soliq kodeksining 470-moddasi)
Toʻlov muddati
- hisobot davri yakunlari boʻyicha - hisobot davridan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay;
-soliq davri yakunlari boʻyicha - soliq davridan keyingi davrning 15-fevralidan kechiktirmay.
(Soliq kodeksining 470-moddasi)